← Bosh sahifa

Bir dasta MEHR

Maxfiylik siyosati

Bu sahifada ariza qoldirganingizda qanday ma'lumot yig'ilishi, u nima uchun kerakligi va uni qanday o'chirtirishingiz mumkinligi oddiy til bilan yozilgan.

Oxirgi yangilanish: 2026-08-16

Kim ma'lumotni yig'adi

Ma'lumotni DILMUSS (Toshkent, O'zbekiston) yig'adi va ishlatadi. Aloqa: 55 500 88 88 · Instagram · dilmuss.uz

Qanday ma'lumot yig'iladi

Siz o'zingiz yozasiz:

Texnik ma'lumot avtomatik yoziladi:

Pasport, hujjat raqami, to'lov ma'lumoti yoki bank kartasi hech qachon so'ralmaydi. Aksiya butunlay bepul.

Nima uchun ishlatiladi

Ma'lumotingiz sotilmaydi va boshqa kompaniyalarga reklama uchun berilmaydi.

Kim ko'radi

Ma'lumot texnik jihatdan biz ijaraga olgan serverda saqlanadi va unga kirish parol va ikki bosqichli tasdiqlash bilan cheklangan.

Qancha saqlanadi

Arizalar muddatsiz saqlanadi — keyingi aksiyalarda sizni yana taklif qilishimiz mumkin. Agar buni istamasangiz, istalgan vaqtda o'chirishni so'rashingiz mumkin (pastga qarang).

Ma'lumotimni o'chiring desam

Quyidagi kanallardan biriga murojaat qiling va telefon raqamingizni ayting:

Arizangiz 7 ish kuni ichida o'chiriladi yoki shaxsni aniqlab bo'lmaydigan holga keltiriladi. O'chirilgandan keyin tanlovda qatnasha olmaysiz.

Surat va video

Aksiyadan keyin saytda loyiha surati chop etilishi mumkin. Sizning suratingiz faqat siz alohida ruxsat bergan bo'lsangiz chop etiladi — ruxsat yetkazish paytida so'raladi. Yuklanadigan barcha suratlardan joylashuv (GPS) metama'lumotlari avtomatik tozalanadi.

Natijalar sahifasida nima ko'rinadi

Aksiya tugagach saytda faqat umumiy raqamlar ko'rsatiladi: nechta guldasta topshirilgani, qaysi viloyatlar qamrab olingani. Ism, telefon va aniq manzil hech qachon ommaga ko'rsatilmaydi.

Cookie va analitika

Sayt sizni kuzatuvchi o'z cookie'sini qo'ymaydi. Xavfsizlik va tezlik uchun Cloudflare xizmatidan foydalanamiz. Reklama samaradorligini o'lchash uchun Google Analytics va Yandex Metrika ulanadi — ular umumlashtirilgan statistika yig'adi.

Rozilik

Formani yuborishdan oldin siz rozilik katagini o'zingiz belgilaysiz — u oldindan belgilangan holatda bo'lmaydi. Rozilik bermasangiz ariza yuborilmaydi.

O'zgarishlar

Bu matn yangilansa, yuqoridagi sana o'zgaradi.